Siyosat

Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligi TIV rahbari bilan uchrashdi

"Podshohlik O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy davlatlardan biri deb biladi" — Faysal bin Farhon.

Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligi TIV rahbari bilan uchrashdi

 

Ar-Riyozda O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovning Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon Ol Saud bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli munosabatlarning istiqbollari, rejalashtirilayotgan tadbirlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

Faysal bin Farhon O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga buyurgan davlat tashrifi yakunlarini yuqori baholab, erishilgan kelishuvlar ko‘p qirrali O‘zbekiston - Saudiya aloqalari rivojini yangi bosqichga ko‘targanini qayd etdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, oliy darajadagi tashrifdan so‘ng ikki davlatning vazirlik va idoralari o‘rtasida o‘zaro tashrif almashuvlari jadal tus olgani Saudiya tomonidan yuqori baholanmoqda.

 

Vazir Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan davom etishidan manfaatdor ekanligini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

 

“Podshohlik O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy davlatlardan biri deb biladi, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholaydi. O‘zbekiston rahbariyati eʼlon qilgan 2023 yildagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, samarali davlat boshqaruvi tizimiga o‘tish, O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish va boshqa islohotlar Saudiya Arabistoni Podshohligi manfaatlariga ham mos keladi”, — deydi Faysal bin Farhon.

 

U, shuningdek, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdagi mavjud ulkan salohiyatdan yana-da samarali foydalanish hamda tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

 

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni turli sohalarda mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy va xalqaro maydondagi o‘zgarishlar hamda bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"