O'zbekiston

Buxoroda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Buxoroda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

 

Bugun, 26-mart kuni Buxoro shahridagi oziq-ovqat do‘konlarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 09:25 da FVB navbatchilik qismiga Buxoro shahar M.Iqbol ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan oziq-ovqat do‘konidagi yong‘in to‘g‘risida xabar kelib tushgan.  

 

2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 09:32 da yetib borib, uni 09:45 da o‘chirishgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Savdo do‘konining 24 kvadrat metr maydonda shift qismi va savdo mahsulotlari yongan, savdo do‘konining 35 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

 

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yuzaga kelgan deb taxmin qilinmoqda. Hozirda uning moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.