O'zbekiston

Nukus voqealari bo‘yicha 2 kishining sudi ular ishtirokisiz o‘tkazilmoqda

Bu bo‘yicha rasmiy axborot berildi.

Nukus voqealari bo‘yicha 2 kishining sudi ular ishtirokisiz o‘tkazilmoqda

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan Jinoyat kodeksining 28,104, 158, 159, 244 va 244-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Amanbay Sagidullayev va Jinoyat kodeksining 28,104, 159, 244 va 244-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Niyetbay Urazbayevga oid jinoyat ishi ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Jinoyat-protsessual kodeksining 410-moddasi (sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki)ga asoslanib, sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lganligi va ularni sudga keltirish imkoni yo‘qligi sababli ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi A. Sagidullayev va N. Urazbayevning ishtirokisiz o‘tkazilmoqda.

 

“Sud jarayoni yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi”, – deyiladi xabarda.

 

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"