Andijon xalqaro aeroporti yopilmoqda
Bunga rekonstruksiya ishlari sabab bo‘lgan.

2023 yil 1 apreldan boshlab “Andijon” xalqaro aeroporti boshlangan aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi.
Rekonstruksiya uchish-qo‘nish yo‘lagi, taksi yo‘laklari va samolyotlar to‘xtash joylaridagi sunʼiy sirtlarni modernizatsiya qilish, shuningdek, yoritish uskunalari, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlarining yangi tizimini o‘rnatishni nazarda tutadi.







