O'zbekiston

Buxoroda shifokorlar majburan ishdan bo‘shatilyotgani aytildi

Viloyat SSB holatga izoh berdi.

Buxoroda shifokorlar majburan ishdan bo‘shatilyotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi shifokorlarining majburan ishdan bo‘shatilayotgani aks etgan video tarqaldi. Holatga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur poliklinika 1984 yilda qurilgan bo‘lib, 3 qavat va podval qismidan iborat. Muassasada bosqichma-bosqich taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan poliklinikada faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarini boshqa qavatlarda faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash uchun tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

 

Ushbu masala bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan muassasa xodimlari orasida tushuntirish ishlari o‘tkazilgan.

 

“Xodimlarni bosim ostida ishdan haydalayotganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asossizligini maʼlum qilamiz. Ayni paytda barcha tibbiyot xodimlari o‘z xizmat vazifalarini to‘laqonli bajarmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.