Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan ayanchli YTH o‘lim bilan yakun topdi
Avvalroq, To‘rtko‘lda poyezd odamni bosib ketgandi.

Qoraqalpog‘iston IIV YHXBB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 26 mart kuni soat 16:15 atrofida To‘rtko‘l tumanidan o‘tgan yo‘lda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi Sh.T. Cobalt‘ni boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib, chap tarafga burilayotgan MAN rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida, Sobalt‘da yo‘lovchi sifatida ketayotgan S.X. og‘ir tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ammo, ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.







