O'zbekiston

Buxoroda maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Direktor pul evaziga tanishining o‘g‘lini o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Buxoroda maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

 

Taʼkidlanishicha, G‘ijduvon tumanidagi umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori D.S. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro N.H.ning ishonchiga kirib, o‘qish davrining ikkinchi mavsumi boshlanishiga qaramay, vakolatli tanishlari orqali uning o‘g‘lini Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 1500 AQSH dollari so‘ragan.

 

D.S. tuman markazidagi savdo majmualaridan birining oldida fuqaro N.H.dan 1500 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda tuman DXX bo‘linmasi hamda viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida D.S. o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan bola o‘zining o‘quvchisi bo‘lgani aniqlangan.

 

Ayni paytda D.S.ning hatti-harakatlari yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.