Jahon

Finlyandiya bugun NATOga a'zo bo‘ladi

Bugundan Bryusselda Shimoliy Atlantika alyansining Tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishi o‘z ishini boshlaydi.

Finlyandiya bugun NATOga a'zo bo‘ladi

 

Bugundan Bryusselda Shimoliy Atlantika alyansining Tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishi o‘z ishini boshlaydi. Unda Finlyandiyaning NATOga qabul qilinishining rasmiy marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg taʼkidlaganidek, Alyansga aʼzo barcha Tashqi ishlar vazirlari Finlyandiyaning Tashkilotga qabul qilish protokollarining ratifikatsiya qilingan asl nusxalarini AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirishadi (Qo‘shma Shtatlar Tashkilotga tegishli hujjatlarning asl nusxalari saqlanadigan depozitariydir).

 

Shundan so‘ng Alyans qarorgohi oldidagi aʼzo-davlatlar bayroqlari ustuniga uning 31-aʼzosi — Finlyandiyaning bayrog‘i ko‘tariladi.

 

“Finlyandiyaning Tashkilotimizga qo‘shilishi uni yana-da xavfsiz va ittifoqimizni mustahkam qiladi. Bu voqea NATO tashkil qilingan 1949 yil 4 aprelda sodir bo‘ladi”, — deb qo‘shimcha qildi Bosh kotib.  

 

Finlyandiya Shvetsiya bilan birga NATOga kirmoqchi edi, biroq Turkiya Qirollikning kirishiga qarshilik ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Stokgolmning Anqaraga terrorizmda ayblangan kurd jangarilarini ekstraditsiya qilmayotgani bilan izohlanadi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.