O'zbekiston

O‘tgan yili qancha rossiyalik O‘zbekistonda soliq rezidenti bo‘lgan?

Bu haqdagi maʼlumotlar maʼlum qilindi.

O‘tgan yili qancha rossiyalik O‘zbekistonda soliq rezidenti bo‘lgan?

 

2022 yilda O‘zbekistonda soliq rezidenti maqomini olgan rossiyaliklar soni o‘tgan davrga nisbatan 32 foizga oshdi. Bu haqda TASS agentligi maʼlum qildi.

 

«2022 yilda Rossiya Federatsiyasining 1199 nafar fuqarosi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomini oldi. Ulardan 1108 tasi yuridik (92 foiz), 91 nafari jismoniy shaxs (8 foiz). 2021 yilga nisbatan (802 ta yuridik, 108 nafar jismoniy shaxs) bu 32 foizga (289 ta) ko‘pdir», — deyiladi xabarda.



Rezident maqomi bir yilga beriladi. Uni olish uchun soliq qo‘mitasiga ariza topshirish, shuningdek, O‘zbekiston hududida yiliga kamida 183 kun yoki shu muddatga boshqa har qanday davlatga qaraganda ko‘proq istiqomat qilish kerak.



Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun 813 nafar Rossiya fuqarosi ko‘chib kelgan, bu respublikaga ko‘chib kelgan xorijliklar umumiy sonining 35 foizini tashkil etadi.



2022 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yanvar-sentyabr oylarida mamlakatga jami 318 156 nafar rossiyalik kelgani, shulardan 210 902 nafari erkaklar va 107 254 nafari ayollar bo‘lganini maʼlum qildi. Rossiyaliklarning O‘zbekistonga eng katta oqimi iyul-sentyabr oylarida qayd etilgan - 189 175 kishi. IIV maʼlumotlariga ko‘ra, ayni davrda 18 nafar rossiyalik O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"