O'zbekiston

Yoshlarimizdan yana ko‘plab Buxoriylar chiqadi—Prezident

Shavkat Mirziyoyev Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga bordi.

Yoshlarimizdan yana ko‘plab Buxoriylar chiqadi—Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi.

 

Davlat rahbari tashabbusi bilan mamlakatning har bir hududida yoshlarning g‘ururini ko‘taradigan ko‘p ishlar qilinmoqda. Masalan, Toshkentda Abdulla Qodiriy, Nukusda Ibroyim Yusupov, Qarshida Abdulla Oripov nomidagi kabi 9 ta ijod maktabi tashkil etildi.

 

Sirdaryo viloyatida ham yoshlarga ibrat bo‘ladigan atoqli insonlar ko‘p. Ulardan biri O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyevadir. U nodir isteʼdodi, badiiy teran va falsafiy sheʼrlari, publitsistik asarlari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.

 

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida marhum shoira nomini abadiylashtirish, isteʼdodli yoshlarga sharoit yaratish maqsadida ijod maktabi tashkil etish taklifini bildirgandi. Shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinib, o‘sha yili dekabrda ushbu taʼlim maskani foydalanishga topshirildi.

 

Tashrif chog‘ida Prezident maktabga kiraverishdagi Halima Xudoyberdiyeva haykaliga gul qo‘ydi. Shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan moʻjaz muzeyni ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilar Halima Xudoyberdiyeva sheʼrlaridan namunalar o‘qib berdi.

 

Ijod maktabida umumtaʼlim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyot chuqur o‘rgatiladi. Ayni paytda 7-11-sinflarda 180 nafar iqtidorli yigit-qiz taʼlim olmoqda. Sinflar, kompyuter xonasi, laboratoriya, sport zali va yotoqxona zamonaviy jihozlangan. Maktab kutubxonasida 3 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.

 

Muallim va ziyolilar bilan suhbatda taʼlim sifati, sohadagi islohotlar haqida so‘z bordi.

 

“Biz birinchi kundan taʼlim sifatini yaxshilashga, muallimlarning maqomi va obro‘sini ko‘tarishga harakat qilyapmiz. Bu haqdagi meʼyorlarni Konstitutsiyaga ham muhrlayapmiz. Ko‘ryapsizlar, zamon murakkab bo‘lib ketyapti. Qachon biz bu raqobatga munosib bo‘lamiz? Bilimli bo‘lsak. Shuning uchun taʼlim mazmunini isloh qilib, yoshlarga sharoit yaratyapmiz. Zamonlar o‘tadi, muhit o‘zgaradi. Bugungi poydevor natijasini xalqimiz albatta ko‘radi. Yoshlarimizdan yana ko‘plab Buxoriylar, Beruniylar, Ulug‘beklar chiqadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Ijod maktablarini universitetlarga biriktirish, viloyatdagi maktablar bilan aloqasini kengaytirish, isteʼdodli yoshlarning kitoblarini chop etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Shu bilan Prezidentning Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yoshlarimizdan yana ko‘plab Buxoriylar chiqadi—Prezident | Zamon.uz