O'zbekiston

Endi "импортный" tovarlarga ham isteʼmol krediti beriladi

Prezident imzolagan Qonun bilan “Isteʼmol krediti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi.

Endi "импортный" tovarlarga ham isteʼmol krediti beriladi

 

Bugungi kunda moliyaviy isteʼmol kreditlari uchun talab ortib bormoqda, biroq O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga moliyaviy isteʼmol krediti ajratilishi amaldagi Qonun bilan cheklangan edi. Yaʼni isteʼmol krediti O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) olish uchun berilardi.

 

Taʼkidlash joizki, 2006-yilda qonun qabul qilingan vaqtda ushbu norma mamlakat bozorida tovar va xizmatlar tanqisligi tufayli zarur edi.

 

Endi esa Qonun bilan “Isteʼmol krediti to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar va xizmatlar uchun ham isteʼmol krediti ajratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.

 

“Moliyaviy isteʼmol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Isteʼmol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

 

Mazkur Qonunning qabul qilinishi Davlat byudjetidan qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi. Aksincha:

 

  • moliyaviy isteʼmol krediti berish tartibini takomillashtirish va soddalashtirishga;
     
  • isteʼmolchi-fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga va xususiy tadbirkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek:

 

  • Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
     
  • Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
     
  • Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilmoqda.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

O‘zbekistonda pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi.