O'zbekiston

Xorazmda ayol o‘zga erkakni pichoqlab qo‘ydi

Bunga o‘rtalaridagi telefon apparati oldi-berdisi sabab bo‘lgan.

Xorazmda ayol o‘zga erkakni pichoqlab qo‘ydi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumanida sodir bo‘lganiga oid xabarlarga izoh berildi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining Xabar.uz‘ga maʼlum qilishicha, hodisa joriy yilning 31 mart kuni sodir bo‘lgan.

 

Shu kuni soat 19.00lar chamasida mazkur tumanning “Muhabbat” mahallasida istiqomat qiluvchi N.S. (ayol, 1987 yilda tug‘ilgan) shu hududdagi xususiy tadbirkorga tegishli oziq-ovqat do‘konida 1975 yilda tug‘ilgan D.B. bilan o‘rtalaridagi telefon apparati oldi-berdisi bo‘yicha o‘zaro janjallashib ketadi. Buning oqibatida ayol savdo do‘koni yonidagi baliqxonadan qora dastali oshxona pichog‘ini olib, D.B.ning orqasidan keladi va uning chap ko‘krak sohasiga bir marta sanchadi. Natijada erkakning voqea joyida joni uziladi.

 

O‘sha kuniyoq ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ( qasddan odam o‘ldirish) “ish” ochilib, tegishli tartibga ushlanadi.

 

Mahkama matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, dastlabki tergov jarayonida ayblanuvchi 2002 yildan buyon Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklar dispanserida “epilipsiya” tashxisi bilan ro‘yxatda turishi aniqlanadi. Shu bois uning jinoyat sodir qilgan vaqtdagi va hozirgi kundagi ruhiy holatini, aqli raso yoki norasoligini hamda muomalaga layoqatliligini aniqlash maqsadida sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Xorazm viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan davom etmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.