O'zbekiston

"Oldimizda katta vazifalar turibdi" — Baxtiyor Saidov

Ayni daqiqalarda Samarqandda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

"Oldimizda katta vazifalar turibdi" — Baxtiyor Saidov

 

Samarqandda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va MDH delegatsiyalari ishtirokida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov yig‘ilish ishtirokchilariga murojaat qilib, O‘zbekiston prezidentining tabrik so‘zlarini yetkazdi.

 

Baxtiyor Saidov o‘zining kirish so‘zida mazkur yig‘ilish ishtirokchilari oldida turgan katta vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u belgilangan maqsadlarga erishish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligini taʼkidladi.

 

“Bizning uchrashuvimiz MDH doirasida 2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muhim tadbirlar dasturini ochadi, ular juda voqealarga boy bo‘ladi. Oldimizda katta vazifalar turibdi, saʼy-harakatlarimizni yana-da birlashtirib, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishamiz”, — dedi Saidov.

 

Eslatib o‘tamiz, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi ishlar idoralari vakillari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi ishtirok etmoqda.

 

Sammit kun tartibiga Hamdo‘stlik makonidagi o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘nga yaqin masala kiritilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi SSSR parchalanganidan so‘ng 1991 yil dekabrida tashkil topgan. Hamdo‘stlikning asoschilari Rossiya, Belarus va Ukraina edi. Xalqaro uyushmaga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ham kiradi.

 

2023 yilda MDHga Qirg‘iziston raislik qiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.