O'zbekiston

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 300 dan ortiq yangi ko‘p qavatli uylar quriladi

Shuningdek, joriy yilda 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 300 dan ortiq yangi ko‘p qavatli uylar quriladi

 

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 305 ta yangi ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berildi.

 

Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit taʼminoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi.

 

2025 yil 1 yanvargacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo turlarini (jadvalda keltirilgan) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

 

2024 yil 31 dekabrgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etiladi.

 

Bunda kompensatsiya – kredit summasidan qatʼi nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lanadi.

 

Kafillik – kredit summasidan qatʼi nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

 

Kafillik va kompensatsiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.

 

Qarorga ko‘ra, 2023 yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida (38 ta) jami 837 ta (shundan 305 tasi yangi) ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.

 

2023 yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

 

Farmonga ko‘ra, “Mening birinchi uyim” dasturi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshiriladi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.