O'zbekiston

Kosonda ota o‘z qizini ayovsiz kaltakladi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Kosonda ota o‘z qizini ayovsiz kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ota o‘z farzandini ayovsiz kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 16-aprel kuni soat 11:30 larda Koson tumani Qorabayir mahallasida yashovchi 2009-yilda tug‘ilgan X.G. onasi —1982-yilda tug‘ilgan M.M. hamda otasi — 1978-yilda tug‘ilgan T.R. tomonidan kaltaklangan. Mazkur holat voyaga yetmagan qizning amakisi tomonidan videotasvirga olinib, ichki ishlar organlariga xabar berilgan. 

 

Voyaga yetmagan qizning otasi T.R. ruhiy kasalliklar dispanseriga tekshirish uchun yuborilgan. Jabrlanuvchi X.G.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Bosh prokuratura sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini maʼlum qildi.

 

Hozirda bir nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Javohirbek TURSUNOV

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.