Jahon

Bayden Si Szinpinga sim qoqmoqchi

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi jurnalistlar bilan navbatdagi brifingda maʼlum qildi.

Bayden Si Szinpinga sim qoqmoqchi

 

AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashmoqchi. Biroq hozircha aniq rejalar haqida maʼlumot yo‘q. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer jurnalistlar bilan navbatdagi brifingda maʼlum qildi.

 

“Qo‘shma Shtatlar bir necha bor Xitoy Raisi Si Szinpinga qo‘ng‘iroq qilish niyatini yetkazgan. Hozircha qo‘ng‘iroq haqida aniqlik yo‘q. Avval aytib o‘tganimizdek, biz Xitoy bilan aloqa kanallarini ochiq qolishini muhim, deb hisoblaymiz. Garchi biz XXR bilan strategik raqobat haqida gapirayotgan bo‘lsak ham. Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlar muhim va bu o‘zgarmaydi”, — deb qo‘shimcha qildi Jan-Pyer.

 

AQSH maʼmuriyati so‘nggi haftalarda Bayden Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilish istagini aniq aytib kelmoqda. Mart oyida “Reuters” agentligi xabar berganidek, Pekin muzokaralarni o‘tkazishdan manfaatdor emas, bunga qisman Vashingtonning Tayvanga nisbatan harakatlari sabab bo‘lmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.