0

Buxoroda kasal erkakning rasmidan foydalanib, tilanchilik qilgan ayol ushlandi

U begona erkakni o‘zining eri ekanini aytib, masjid yonida tilanchilik qilgan.

Buxoroda kasal erkakning rasmidan foydalanib, tilanchilik qilgan ayol ushlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda begona erkakni o‘zini eri deb tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan firibgar ayol qo‘lga olingani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Romitan tumani Bog‘isaydon mahallasida yashovchi X.S. ismli ayol tumanning Hofizrabot mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan boshqa bir A.N. ismli erkakning xastalanib yotgani aks etgan rasmini ijtimoiy tarmoqlardan ko‘chirib olib, “Mening turmush o‘rtog‘im og‘ir betob, jigar serrozi kasalligiga chalingan” deya Buxoro shahridagi “Abu Xafs Kabir” jome masjidiga kirish joyida ziyoratga kelgan fuqarolardan tilanchilik qilib kelgan.

 

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

“Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi”, — deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"