O'zbekiston

Qashqadaryoda YPX xodimiga bo‘ysunmay, janjallashgan haydovchi qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida haydovchi va YPX xodimi janjallashgani aks etgan video yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda YPX xodimiga bo‘ysunmay, janjallashgan haydovchi qamaldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida haydovchi va YPX xodimi janjallashgani aks etgan video yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12 aprel kuni soat 17:40da fuqaro Q.M. Lacetti rusumli avtomobil vositasini spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda boshqarib, M-39 avtomobil yo‘lining Kitob-Shahrisabz yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Hamkor” rusumli mototsikl bilan yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

 

Shu vaqtda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB katta inspektori yo‘l-transport hodisasini protsessual rasmiylashtirish maqsadida haydovchini to‘xtatib, Q.M.ning spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlash uchun "alkotester" tekshiruvidan o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan inspektorning xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

 

Xabarda qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan haydovchi Q.M.ga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"