O'zbekiston

IIBB va DXX “Imperator” laqabli shaxsni qo‘lga oldi

Aytilishicha, jinoyatchi muqaddam 6 marotaba sudlangan.

IIBB va DXX “Imperator” laqabli shaxsni qo‘lga oldi

 

Toshkent viloyati IIBB Tezkor-qidiruv xizmati va DXX xodimlari tomonidan qarz evaziga berilgan pullardan foiz sifatida 1000 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. 

 

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro 2022 yil mart oyida oldindan tanish bo‘lgan “Imperator” laqabi bilan tanilgan shaxsdan 2023 yil aprel oyida qaytarish sharti 3800 AQSH dollari miqdorida qarz olgan. 

 

Ushbu pullarni 3600 AQSH dollari qaytarib, qolgan 200 AQSH dollarini qaytarish vaqtida unga muddatini o‘tkazib yuborilganligini sabab qilib ko‘rsatib, «ko‘cha yechimi bilan hal etish» bilan qo‘rqitib, ushbu pullarga yana 1000 AQSH dollari qo‘shib berishini talab qilgan. 

 

Chorasiz qolgan qarzdor Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Joriy yilning 17-aprel kuni, Toshkent viloyati IIBB TQX va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida muqaddam 6 marotaba sudlangan jinoiy guruh yetakchisi va uning 6 nafar aʼzolari qo‘lga olindi.

 

Jinoiy guruh ariza muallifidan yuqoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib 7 nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"