0

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi

Bu bo‘yicha MSK qarori eʼlon qilindi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi

 

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bugun, 1-maydan boshlab kuchga kirdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi qarori eʼlon qilindi.

 

Qarorda  yozilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan deb hisoblanadi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"