O'zbekiston

Milliy gvardiyaga maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma tuzish vakolati berilmoqda

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalar qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi.

Milliy gvardiyaga maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma tuzish vakolati berilmoqda

 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalar qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Majlisda taʼkidlanishicha, Milliy gvardiya organlariga huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, davlat obyektlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash, jamoat joylarida patrullik qilish kabi vazifalar yuklatilgan.

 

Shu bilan birga, amaliyotda mazkur vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish hamda xizmatni o‘tash davomida aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun Milliy gvardiyaga maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga doir ayrim vakolatlarni berish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

 

Milliy gvardiya organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida noqonuniy saqlangan 44 ta pnevmatik va ov quroli, 3 202 dona o‘q-dori olib qo‘yilgan.

 

Fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan 1000 dan ortiq kastet, bita, pichoq va boshqa o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurgan 960 nafar fuqaro aniqlanib, tegishli chora ko‘rish uchun ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgan.

 

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlariga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish (bayonnoma tuzish) vakolati berilmagani sababli yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarga hal etish uchun yuborilgan. Bu o‘z navbatida ortiqcha hujjat aylanishi va eng asosiysi, fuqarolarning sarson bo‘lishiga olib kelgan.

 

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

 

Mazkur Qonun bilan Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurishga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish yuzasidan qo‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutilmoqda.

 

Qolaversa, bu kabi vakolatlar voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, tilanchilik qilish hamda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish holatlarida ham amalga oshiriladi.

 

Bunda mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ichki ishlar organlarida ham saqlanib, huquqbuzarlik Milliy gvardiya xodimlari tomonidan aniqlangan taqdirda ularga jarima jazosini qo‘llash huquqi berilmoqda.

 

Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni taʼminlash va asossiz javobgarlikka tortish holatlarining oldini olish maqsadida Milliy gvardiya organlari nomidan qonunda ko‘rsatilgan boshqarma (bo‘lim) boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni qo‘rib chiqishga va jarima jazosini qo‘llashga haqli ekanli belgilanmoqda.

 

Majlis so‘nggida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilingan.

 

2021 yilning avgustida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlariga fuqarolarning avtomobillaridan majburiy tarzda foydalanishga ruxsat berilgan edi. Milliy gvardiya organlari tomonidan transport vositasidan majburiy tarzda foydalanilganda, transport vositasining egasiga harbiy xizmatchi (xodim) o‘z identifikatsiyalovchi hujjatini berishi shart.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"