O'zbekiston

Farg‘onada bolalar psixotrop dori bilan ushlangani aytildi

Holat bo‘yicha viloyat IIB munosabat bildirdi.

Farg‘onada bolalar psixotrop dori bilan ushlangani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 15-18 yoshdagi qiz va yigitlarning psixotrop moddalar bilan ushlanganligi haqidagi video tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB maʼlumot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 22 aprel kuni Oltiariq tumani Jarqo‘rg‘on MFYda yashovchi fuqaro M.U 102 raqamiga murojaat qilib, shu mahalladagi o‘ziga tegishli bo‘lgan bog‘ shiyponiga nomaʼlum shaxslar janjal qilib, kirib olganligini maʼlum qilgan.

 

Yuqoridagi manzilga profilaktika inspektorlari yetib borishganda u yerda shu tumanda istiqomat qiluvchi F.M., J.O. hamda voyaga yetmaganlar M.R. va B.A.lar bor ekanligi aniqlangan. Ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 45,183-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tumani sudiga yuborilgan.

 

Sud tomonidan 04 may kuni ularning 2 nafariga yuqoridagi moddalarga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, fuqaro F.M. tuman IIBga murojaat qilib, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan shaxsni aniqlab, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Videotasvirlarni tarqatgan H.H. aniqlanib, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46 prim 2-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda sud tomonidan BHMning 3 barobar miqdorida jarima jazosiga tortilgan.

 

“Yuqoridagi shaxslarning yonini ko‘zdan kechirish jarayonida psixotrop moddalar yoki sovuq qurollar aniqlanmaganligini ham maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.