Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘yapti
Qashqadaryo viloyati dengiz sathidan 2200 metr yuqori tog‘li qishloqlarida qor yog‘di.

«Qor hodisasi va haroratning nol darajagacha pasayishi hududlardagi tuggan meva va gullarni sovuq urishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin», – deb yozmoqda ob-havo bo‘yicha mutaxassis E.Abdulahatov.
Shuningdek, Jizzax viloyati Zomin tumani dengiz sathidan 2000 metr yuqorilikdagi Zomin sanatoriyasi atrofida ham qor boshladi.
Xususan,Xorazm viloyati markazi Urganchda 1 sutka davomida umumiy 23.7 mm yomg‘ir yog‘gani maʼlum qilindi.
Xiva tumanida 13 mm, Tuyamo‘yinda 4mm, Gurlanda 0.6 mm gacha yog‘in tushgan.
Hatto, deyarli bir xil relyefga Xorazmda yog‘in tafovutlari orasidagi farq juda katta.







