0

IIV litseyiga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

IIV litseyiga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi

 

Surxondaryo viloyatida akademik litseyga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, fuqaro R.Ch. fuqarolar S.X. va S.T.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 3000 AQSH dollari evaziga Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Akademik litseyga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"