O'zbekiston

Surxondaryoda IIB xodimi fuqaroni urib, og‘zini bog‘lab qo‘ydi

Holat yuzasidan rasmiylar tushuntirish berdi.

Surxondaryoda IIB xodimi fuqaroni urib, og‘zini bog‘lab qo‘ydi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida fuqaroga IIB xodimi tomonidan kuch ishlatilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Joriy yil 6-maydan 7-may kuniga o‘tar kechasi soat 01:10 larda Muzrabot tumani “Shaffof” mahallasida yashovchi fuqaro S.S ismli ayol tuman IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, yashash uyiga notanish shaxs kelib ko‘p marta eshigini tepib janjal qilayotganligi haqidagi murojaat qilgan. Shu kuni tungi xizmatga jalb qilingan IIB xodimi M.A. chaqirilgan manzilga borganda fuqaro U.P. kuchli mastlik holatida IIB xodimining qonuniy talabini bajarmagani uchun uni tuman Tibbiyot markazida tashkil etilgan Alkogol mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktiga olib borgan. Tibbiyot birlashmasida ham davolanayotgan bemorlarning tinchligini buzib, qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlashda davom etgan. Shundan so‘ng U.P.ni tinchlantirish maqsadida IIB xodimi qatʼiy harakat qilgan.

 

“Xodimning harakatlari yuzasidan hozirda Surxondaryo viloyat IIB masʼullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"