O'zbekiston

Toshkent viloyati aholisini qaysi sohadagi muammolar ko‘proq qiynamoqda?

Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Angren, Chirchiq shaharlari hamda Bo‘ka tumani bo‘ldi.

Toshkent viloyati aholisini qaysi sohadagi muammolar ko‘proq qiynamoqda?

 

Davlatimiz rahbarining alohida topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent viloyatining Angren, Chirchiq shaharlari hamda Bo‘ka tumanida davom ettirdi.

 

Mazkur guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 26 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

 

Ishchi guruh tomonidan aholi muammolari va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni “mahallabay” o‘rganish yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lar ijrosini tahlil etish, sektorlar tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli vazirlik va idoralar ko‘magida hal etilishini taʼminlash yuzasidan ishlar tashkil etildi.

 

Xususan, ichki yo‘llarning jami 59 km qismi taʼmirlandi. Shundan 8,5 km yo‘lga shag‘al yotqizildi, 6,4 km yo‘l betonlashtirildi, 41,1 km yo‘l asfalt qilindi.

 

Aholiga qo‘shimcha 80,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 264 ta gaz taqsimlash punktlari, 1 763 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, gaz tarmoqlariga 42 ta ustunlar o‘rnatilib, 3 km gaz quvurlari taʼmirlandi.

 

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 494 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 4 ta transformator o‘rnatildi, 14,3 km tarmoq tortildi.

 

Ichimlik suvini yaxshilash borasida 52,7 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 45 dona quduq va 36 dona gidrant qurish, taʼmirlash ishlari bajarildi.

 

Jami 59,3 km uzunlikda optik tola aloqa tarmog‘i tortildi va 798 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi. 

 

Tijorat banklari tomonidan 3 758 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 151,3 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 724 nafar fuqaroga 17,3 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

Jami 973 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 465 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 148 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi, 360 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 

 

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 100 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 531,0 million so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Shuningdek, Chirchiq shahrida 63 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish jarayonida.

 

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan aprel oyida “Temir daftar” ro‘yxatidagi 614 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 1,5 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, 417 nafar fuqaroga 738,2 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi, 43 nafar fuqaroga uy-joy taʼmirida 119 million so‘mlik ko‘mak berildi.

 

“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 1 980 nafar xotin-qizlarga 2,0 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

 

“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 199 nafar fuqarolarga 1 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, 76 nafar fuqaroga 234,8 mln. so‘mlik kontrakt to‘lovi, 40 nafar fuqaroga 225,9 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi, 40 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 231,8 million so‘mlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat uchun 43 nafar fuqaroga 387,3 million so‘mlik ko‘mak berildi.

 

Sektorlar tomonidan homiylarni jalb qilgan holda 995 nafar ehtiyojmand oilalarga 1,1 milliard so‘mlik homiylik yordamlari ko‘rsatildi.

 

Chirchiq, Angren shaharlari va Bo‘ka tumanida aholi murojaatlariga asosan Respublika ishchi guruhi tomonidan 182 ta muammo (66 tasi qurilish va kommunal sohada, 33 ta moddiy yordamga oid, 32 tasi huquq-tartibot, 20 tasi bank, 20 ta pensiya taʼminoti, 11 ta bandlik) ijobiy hal etildi.

 

Ishchi guruh respublikamizning boshqa hududlarida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

custom img

Andijon viloyatida bedarak yo‘qolgan o‘smirning jasadi Qoradaryodan topildi

U do‘stlari bilan daryoga cho‘milish uchun borib, suvga cho‘kib ketgan.

custom img

Kamera va fotoradarlar tufayli YTHlar kamaydi — IIV

IIV kamera va radarlar bo‘yicha deputatlik so‘roviga javob berdi.

custom img

Bolalar ombudsmani transformatorlar bo‘yicha xavfsizlik nazoratini kuchaytirishni talab qildi

Bolalar ombudsmani tomonidan vakolatli davlat organiga tegishli ta’sir hujjati kiritildi.

custom img

Andijon va Islomobodda Zahiriddin Muhammad Boburga haykal qo‘yiladi

Prezidentga haykalning eskizlari, kompozitsion yechimlari va Bobur siymosini aks ettirishga oid ilmiy-badiiy yondashuvlar haqida axborot berildi.

custom img

Toshkentda o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi

Mazkur holatga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.

custom img

Qashqadaryoda kuchli sel oqibatida 25 yoshli yigit halok bo‘ldi

Voqea 19-may kuni G‘injak qishlog‘ida yuz bergan. Yigit adirda mol boqib yurgani aytilmoqda.

custom img

Toshkentda bolalar onkologiyasiga bag'ishlangan EURO Master Course 2026 xalqaro ta'lim kursi bo‘lib o‘tadi

Tadbirda 18 davlatdan 70 nafardan ortiq onkolog-shifokor va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekistonda biometrik pasport uchun “aqlli kabinalar” joriy etilishi mumkin

Loyiha pasport rasmiylashtirish muddatini ikki oydan 10 ish kunigacha qisqartiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"