O'zbekiston

Qashqadaryoda IIB boshlig‘i va prokuror janjallashdi

Holat yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi.

Qashqadaryoda IIB boshlig‘i va prokuror janjallashdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i shahar prokurorining noqonuniy talablarini bajarishni rad etganligi haqida videoxabarlar  tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro B.Xadiyev tegishli hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga kirish darvozasi yonida savdo do‘konini qurib olgan bo‘lib, savdo do‘koni tez tibbiy yordam mashinalarining shifoxona hududiga kirib-chiqishiga to‘sqinlik qilganligi va fuqarolarning eʼtirozlariga sabab bo‘layotganligi uchun B.Xadiyev noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzib olish to‘g‘risida bir necha marta ogohlantirilganligi va maʼmuriy javobgarlikka tortilganiga qaramasdan, noqonuniy qurilishni bartaraf etish choralarini ko‘rmagan.

 

Mazkur holat Qarshi shahar prokurori tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, shu yil 13 aprel kuni Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi 4-sonli IIB boshlig‘i A.Jo‘rayev mutasaddi idoralar bilan birgalikda B.Xadiyevga noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun borgan.

 

Shu vaqtda B.Xadiyevning turmush o‘rtog‘i masʼul xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishiga majburlash maqsadida savdo do‘konini buzmasligini bildirib, kiyimlariga benzin sepib, o‘zini-o‘zi yoqish bilan qo‘rqitgan.

 

So‘ngra A.Jo‘rayev o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan bo‘yin tovlab, fuqaroga noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etish haqidagi dalolatnomani topshirish choralarini ko‘rmasdan, soxta obro‘ orttirish maqsadida shahar prokurorining o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi haqidagi talabiga nisbatan go‘yoki prokuror fuqaro manfaatlariga zid harakat qilayotganligi haqida asossiz vajlar keltirish orqali eʼtiroz bildirgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: B.Xadiyev tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy bino ixtiyoriy bartaraf etilmaganligi sababli, Kadastr agentligi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan sudga kiritilgan daʼvo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 05.05.2023 yildagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilib, javobgarga noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzdirish va yer maydonini foydalanishga yaroqli holatga keltirish majburiyati yuklatilgan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"