Sport

FIFA 2026-yilgi jahon chempionati logotipini taqdim etdi

Unda ilk bor jahon kubogi tasviri va chempionat o‘tkazilgan yil aks ettiriladi.

FIFA 2026-yilgi jahon chempionati logotipini taqdim etdi

 

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati logotipi taqdimotini o‘tkazdi.

 

Turnir logotipida ilk bor jahon kubogining haqiqiy tasviri, shuningdek, chempionat o‘tkazilgan yil aks ettiriladi.

 

Keyinroq tanlovga mezbonlik qiladigan shaharlarning 16 ta logotipi taqdim etiladi.

 

Tadbir Los-Anjelesdagi Griffit observatoriyasida FIFA prezidenti Janni Infantino, Braziliya terma jamoasida ikki karra jahon chempioni Ronaldu, Meksika terma jamoasi sobiq darvozaboni Xorxe Kampos, Kanada sobiq darvozaboni Kreyg Forrest, AQSH terma jamoa tarkibida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Karli Lloyd ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

 

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati musobaqasiga birdaniga uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

 

Musobaqada ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"