Jahon

Ukraina Vengriya suverenitetiga tahdid solmoqda

Vengriya diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina "Vengriyaga tobora ko‘proq dushman" bo‘lib bormoqda.

Ukraina Vengriya suverenitetiga tahdid solmoqda

 

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Vengriya suverenitetiga tahdid solmoqda. Chunki Rossiya nefti mamlakatga yetkazib beriladigan Drujba quvurini buzish niyatida. Bu haqda Siyyarto Vengriyaning Avstriyadagi elchixonasidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi "Yevropeyskaya pravda" Index nashriga tayanib.

 

Vengriya diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina "Vengriyaga tobora ko‘proq dushman" bo‘lib bormoqda, chunki 1 sentyabrdan boshlab Zakarpatiyadagi Vengriya maktablari ishlamaydi va Ukraina Vengriyaning OTP bankini xalqaro terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritdi. 

 

Bundan tashqari, Siyyarto Washington Post‘ning Ukraina prezidenti Vlаdimir Zelenskiy Vengriyaga neft yetkazib beruvchi "Drujba" neft quvurini portlatishni taklif qilgani haqidagi xabariga ishora qildi.

 

Vengriyadagi mahalliy OAVda qayd etilishicha, quvurni buzish Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen tomonidan maʼqullangan.

 

"Bunday tahdid Vengriya suverenitetiga ziddir, chunki energiya taʼminoti xavfsizligi suverenitet masalasi. Agar kimdir Vengriyani energiya bilan taʼminlashning iloji yo‘qligiga chaqirsa, u aslida Vengriya suverenitetiga hujum qilgan bo‘ladi", — deya izoh berdi Siyyarto bu haqda.

 

U, shuningdek, Kiyev OTR Bank uchun urushning xalqaro homiysi maqomini bekor qilmaguncha, Ukrainaga Yevropa Ittifoqi darajasida har qanday harbiy yordamni to‘sib qo‘yishga vaʼda berdi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.