Siyosat

YTTB Uzbekistan Airports AJga salkam 30 mln yevro ajratadi

Ushbu mablag‘ evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinishi aytilmoqda.

YTTB Uzbekistan Airports AJga salkam 30 mln yevro ajratadi

 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Uzbekistan Airports AJga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida aeroport uskunalarini modernizatsiya qilish uchun 28 million yevrogacha bo‘lgan uzoq muddatli moliyalashtirishni taqdim etadi. Bu haqda Uzbekistan Airports AJ Axborot xizmati xabar berdi.

 

YTTBning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yillik forumida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlarni mustahkamladi. Forum doirasida Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi Raʼno Jo‘rayeva va Yevroosiyo bo‘yicha infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroshnik mandat xatlari bilan alishdilar.

 

"Bank mablag‘lari hisobidan yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan to‘ldirish va hojatxona bo‘limlariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, YTTBning moliyalashtirishi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi", — dedi Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi.

 

Bundan tashqari, YTTB va Uzbekistan Airports o‘rtasida 1 million yevrodan ortiq grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Buning bir qismi sifatida bank asosiy biznes-jarayonlarni optimallashtirish va shu orqali Uzbekistan Airports va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilishni ko‘zda tutadi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, bu O‘zbekistonda, moliyalashtirish mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatisiz amalga oshiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi namunasi bo‘ladi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.