0

MIB prokuratura bo‘ysinuvidan chiqib, agentlikka aylantiriladimi?

Byuro tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

MIB prokuratura bo‘ysinuvidan chiqib, agentlikka aylantiriladimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Majburoiy ijro byurosining Bosh prokuratura bo‘ysinuvidan chiqishi va Byuro organlarining qayta isloh qilinishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan byuro matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini taʼminlash Byuroning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

 

Tahlillardan kelib chiqib, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish  orqali majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlanmoqda.

 

“Byuro faoliyatini takomillashtirishda Agentlik sifatida qayta tashkil etish ko‘zda tutilmagan”, — deyiladi xabarda.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"