O'zbekiston

Ko‘kdalada kelib chiqishi nomaʼlum go‘sht ortilgan Lacetti to‘xtatib qolindi

U Qarshi–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

Ko‘kdalada kelib chiqishi nomaʼlum go‘sht ortilgan Lacetti to‘xtatib qolindi

 

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida avtomashinasida kelib chiqishi nomaʼlum go‘sht mahsulotlarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

 

Joriy yilning 11 may kuni Ko‘kdala tumani “Umakay” muntazam YPX maskanida Qarshi — Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan. Tekshiruv davomida avtomashina salonidan va yukxonasidan kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan go‘sht mahsulotlari aniqlangan.

 

Shundan so‘ng Ko‘kdala tumanida yashovchi E.SH.ning boshqaruvidagi avtomashinadan 118 kg go‘sht hujjatlashtirib olingan.

 

Go‘sht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining laboratoriyasiga olib kelinib, tekshiruvidan o‘tkazilganda isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan.

 

“Mazkur holat yuzasidan fuqaroga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, go‘sht mahsulotlari yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Ogohlantirishga qaramay "rul"ga o‘tirgan 238 nafar bitiruvchi ushlandi

Ayrim viloyatlarda bitiruv tadbiriga avtomobil boshqarib kelgan qizlar ham aniqlangan.

custom img

O'zbekiston Qurbon hayiti arafasida Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yubordi

Balx viloyatiga 200 tonna oziq-ovqat mahsulotidan iborat gumanitar yordam yetkazildi.

custom img

O‘zbekistonda yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir sabab yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etilgan.

custom img

Respublika bo‘yicha 10 193 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi

Joriy o‘quv yili yakunida 11-sinfni 472 436 nafar, 9-sinfni esa 621 894 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

custom img

Qashqadaryoda 2 ta Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo'ldi

Hodisaga “Nexia-1” avtomashinasi transport vositalarini noto‘g‘ri quvib o‘tishi sabab bo'lgan.

custom img

Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

U tibbiy xaridlar bo‘yicha tuzilgan shartnoma mablag‘larni o‘tkazib berish evaziga 150 million so‘m miqdorida “ulush” talab qilgan.

custom img

“Bugungi bitiruvchi — ertangi Uchinchi Renessans bunyodkori” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston rahbari 472 ming nafar bitiruvchini katta hayotga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.

custom img

“Bunyodkor” stadioni atrofi muxlislar va mas’ul xodimlar bilan tozalandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026’ga tantanali kuzatilgach, stadion atrofidagi belgilanmagan joyga tashlab ketilgan chiqindilar yig'ildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"