O'zbekiston

Xorazmda Damas va Labo ishlab chiqarish ko’paytiriladi

Bu bo’yicha dastur ishlab chiqilgani xabar qilindi.

Xorazmda Damas va Labo ishlab chiqarish ko’paytiriladi

 

Xorazm viloyatida Chevrolet Damas va Labo avtomobillari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasu xabar bermoqda.

 

Kompaniya avtomobillarni yetkazib berish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Chevrolet Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish dasturini yakunladi. Endilikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu talabgir modellarning ishlab chiqarish hajmini yiliga 150 ming donaga bosqichma-bosqich oshirish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida yetkazib berish muddatiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.

 

2016-yildan buyon zavodning ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich oshirish ishlab chiqarish hajmini deyarli 5 barobar ko’paytirishga imkon berdi. UzAuto Motors’ning Xorazm filialida ishlab chiqarishni optimallashtirish va modernizatsiya qilish bo’yicha olib borilgan tizimli ishlar 2022 yilga kelib ishlab chiqarish hajmini 93 000 dan ortiq avtomobilga oshirdi.

 

UzAuto Motors 2021-yilda ishlab chiqarish hajmini oshirish dasturi doirasida Pitnak shahrida yangi press-sexni ishga tushirdi. 1 gektardan ortiq hududda yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish, maksimal quvvatga erishgandan so’ng har yili 12 ming tonna metall listdan Chevrolet Damas va Labo modellari uchun 7 million donagacha turli shtamplash kuzov qismlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

Butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, ayrim komponentlarni dekontenting qilish (arzonroq variantiga almashtirish) va ishlab chiqarish jarayonlarini unifikatsiya qilish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar importni qisqartirgan holda ishlab chiqarish hajmini oshirishga imkon beradi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.