O'zbekiston

O‘zbekiston va Singapur prezidentlari muzokara o‘tkazdi

Muzokaralar chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda ulkan yutuqlarga erishilayotgani alohida taʼkidlandi.

O‘zbekiston va Singapur prezidentlari muzokara o‘tkazdi

 

Bugun, 24 may kuni, “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv avvalida Singapur Prezidenti mamlakatimiz rahbariga O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va Singapur delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bo‘lajak O‘zbekiston Prezidenti saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Ushbu oliy darajadagi tashrif ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 25 yil ichida birinchisi ekani taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga shu yil yanvardagi tarixiy tashrifi yakunida hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Muzokaralarda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yana-da mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, jamoat xavfsizligi va madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha muloqotlarni faollashtirish masalalariga katta eʼtibor qaratildi.

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda ulkan yutuqlarga erishilayotgani alohida taʼkidlandi.

 

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari bir necha barobar oshdi. Singapur O‘zbekistonning eng yirik investorlari safiga kirdi. 

 

Bugungi kunda Singapurning “Indorama”, «Meinhardt Group», «Franklin Templeton», “Enercon”, “PSA”, «Changi Airport» va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda kimyo va to‘qimachilik sanoati, transport va logistika, shaharsozlik, taʼlim xizmatlari, xususiylashtirish sohalarida 3,8 milliard dollarlik loyihalarning amalga oshirilishi faol pallaga kirgan.

 

Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi. Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasidagi O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi natijalari savdo, logistika, innovatsiyalar, energetika, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda yetakchi kompaniyalarning investitsiyaviy sherikligini kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

 

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va oziq-ovqat mahsulotlarining Singapur bozoriga yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar gumanitar loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qatʼiy intilishini bildirdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo‘shma taʼlim markazi doirasida Singapurning davlat boshqaruvi va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasini joriy etish muhimligi taʼkidlandi.

 

Singapurning O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi muntazam madaniy, taʼlim va turizm almashinuvlarining faollashishi qo‘llab-quvvatlandi.

 

Davlat rahbarlari Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyoda mintaqaviy integratsiyaning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, xalqaro maydonda, eng avvalo BMT doirasida hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonida o‘zaro anglashuv va qo‘llab-quvvatlash darajasi yuqori ekanini qayd etdilar.

 

Muzokaralar ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"