O'zbekiston

Buxoroda kuyov qaynotasini o‘ldirib, jasadini go‘ng ostiga ko‘mib tashladi

Jinoyat ishi yuzasidan aybdorga sud hukmi o‘qildi.

Buxoroda kuyov qaynotasini o‘ldirib, jasadini go‘ng ostiga ko‘mib tashladi

 

Oilaviy kelishmovchilik sabab qaynotasini belkurak bilan bir necha bor urib o‘ldirib, jinoyatini yashirish uchun uning murdasini go‘ng ostiga ko‘mgan Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi “Bo‘lakiyon” qishlog‘ida yashovchi 42 yoshli shaxs 13 yilga qamaldi.

 

Mudhish hodisa 2022 yilning 18 dekabrida sodir bo‘lgan.

 

Sudning 2023 yil 18 may kuni chiqarilgan hukmiga ko‘ra, qotil deb topilgan shaxs M.Q. Vobkent tumanidagi Kumushkent qishlog‘i hududidagi «Muzaffarobod Saxovati» fermer xo‘jaligida ishchi vazifasida ishlab kelgan. U o‘zining nojoiz feʼl-atvori tufayli birinchi turmush o‘rtog‘idan ajralib, 2019 yilda Kumushkent qishlog‘ida yashovchi G.I.ga noqonuniy uylangan. Ularning bu turmushiga qizning otasi I.I. hamda onasi O.T. doimiy norozi bo‘lib kelishgan.  Shunga qaramasdan, noqonuniy kuyov ularning xonadonida ichkuyov bo‘lib yashab kelgan. Ichkuyovning yurish-turishi, qo‘ni-qo‘shni va qarindosh-urug‘larga hurmatsizligi, dangasaligi oilada har kungi tortishuv, janjallarni oshirib kelgan.

 

Shundan so‘ng M.Q. «Muzaffarobod Saxovati» fermer xo‘jaligi qorovulxonasi va molxonasida haftalab tunab qolib, haftada bir yoki ikki marotaba qaynona-qaynotasining hovlisiga qatnagan. Biroq, topgan-tutganini faqat o‘z manfaati va kayf-safosiga sarflab, xotini va farzandlariga hech nima ravo ko‘rmagan. Bu uning oiladagi o‘rnini yo‘qotishiga turtki bo‘lgan.

 

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, M.Q.ning qaynotasi I.I. ham «Muzaffarobod Saxovati» fermer xo‘jaligida uzoq yillardan buyon qorovul bo‘lib ishlab kelgan. U shunday kunlarning birida qorovullik navbatchiligini o‘tab, hovlisiga kirib kelganida hali voyaga yetmagan nevaralari ochlikdan o‘z yotog‘ida g‘ingshinib yotgan bo‘lishgan. Shunda ota o‘z ayoliga yig‘lab, nevaralarining bunday ahvoliga chiday olmayotganini, kuyoviga qo‘ng‘iroq qilib, bolalariga oziq-ovqat hamda sut mahsulotlari keltirishini talab qilishini bildirgan. Afsuski, kuyovi imkoni bo‘la turib ham xotini va farzandlari turmush sharoitiga qarashishni istamasligini beburdlarcha bildirgan. Shundan so‘ng qaynotasi telefon orqali kuyovini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan.

 

Ko‘nglida g‘ayir maqsadni rejalashtirgan M.Q. oradan bir necha soat o‘tgach, kechki 18:30 larda uni xo‘jalik rahbari chaqirayotgani, go‘yoki molxonada ishlar ko‘paygani haqida xabar bergan.

 

I.I. fermer xo‘jaligiga yetib kelgach, kuyovi M.Q. u bilan yana o‘zaro kelishmovchilikka borgan. Janjal mushtlashuvga aylanib ketgan. Fermer xo‘jalik molxonasida har ikkisidan boshqa hech kim yo‘qligini bilgan kuyov molxona hovlisida turgan yog‘och dastali temir belkurak bilan qaynotasining bosh sohasiga  — peshona, tepa-ensa, chakka sohalariga o‘n marotaba urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

 

«Fuqaro I.I. belkurak zarbining ikkinchisidayoq gandiraklab yiqilgan bo‘lgan. Hammayoq qonga belangan bo‘lishiga va qaynotasining qimirlamasdan qolganiga qaramasdan, g‘azabdan ko‘ziga qon to‘lgan kuyov uning boshi, yuzi, ko‘krak sohalaridan belkurak temir qismidan ajralib ketgunicha shafqatsizlarcha urgan. Qaynotasini urib o‘ldirganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, molxona oldidagi o‘tayotgan odamlar ko‘rib qolmasligi uchun uning velosipedida osilgan holda turgan qopni olgan.  Murdani 10 metrlarcha masofaga sudrab borgan va ustiga-ustak, sintetik matoli arqon bilan yana bo‘g‘ib, qopga solib, molxonadagi somon uyumlari orasiga yashirgan», — deydi sud raisi.

 

Maʼlum qilinishicha, qotilning o‘zi ham shu molxonada qorong‘u tushguncha kutib, so‘ng jasadni molxonadan 30-40 metr masofa uzoqlikda bo‘lgan go‘ng uyumiga bug‘doyzor oralab sudrab borgan. Qaynotasining bo‘ynidan sirtmoqni o‘roq bilan kesib olib, murdasini go‘ng uyumiga ostiga ko‘mib, yashirgan. I.I.ga tegishli qo‘l telefoniga esa aybni o‘zidan soqit qilish uchun bir necha bor takror-takror qo‘ng‘iroq qilgan va so‘ngra telefonni o‘chirmagan holda tuproq ostiga ko‘mgan.

 

Bu orada qaynonasi, turmush o‘rtog‘i va qizlari telefon qilishib, I.I.ni ko‘p bor so‘rashgan. Biroq, M.Q. qaynotasini ko‘rmaganligini, o‘zining ham bir necha bor qilgan qo‘ng‘iroqlari javobsiz qolganini aytgan.

 

O‘zi tungi soat 02:00 larda qorovulxonadan chiqib, marhumning velosipedini molxonaning devoridan oshirib, giloszorga tashlagan. Atrofda hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, barcha qonlarni suv bilan yuvib, izni yo‘qotgan.

 

«Qotillik yuzasidan olib borilgan hatti-harakatlar natijasida aybdor qo‘lga olindi. Avvaliga turli bahonalarni ro‘kach qilib, vaziyatdan osongina chiqib ketishga urindi. Biroq, o‘zini ustasi farang sanagan shaxs huquq-tartibot organlari vakillarining sergakligini unutgan edi. Qaynotasini belkurak bilan urib o‘ldirgani yetmagandek, jasadni qaytadan sintetik sirtmoq bilan bo‘g‘gani, marhumga tegishli kiyimlarni yoqib yuborib, o‘zini go‘ng orasiga ko‘mganini izohlash qiyin», — deydi Akram Rahimov.

 

Sud hukmiga ko‘ra, M.Q. O‘zbekiston Respublikasi Jinot protsessual Kodeksining turli moddalari bilan ayblanib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish)ning 1-qismi bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolangan.

 

Qotil tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"