O'zbekiston

Namanganda IIB xodimlari tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilayotgani aytildi

Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi.

Namanganda IIB xodimlari tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilayotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Uchqo’rg’on tumanida IIO xodimlari tadbirkorning faoliyatiga to’sqinlik qilayotgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

 

Kecha, 27-may kuni soat 00:10 da Uchqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika inspektorlari tumandagi “Sanoat” MFY Chinor ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinxonasini oldidan o‘tib ketishayotgan vaqtda ushbu joyda 10 nafardan oshiqroq fuqarolardan 2 nafari jamoat tartibini hamda fuqarolar tinchligini buzib janjal ko'tarayotganlariga guvoh bo'lishgan.

 

Xodimlar tomonidan yigitlarni tartibga chaqirish maqsadida murojaat qilinganda 1998-yilda tug‘ilgan fuqarolar B.I va T.T lar IIB xodimlarini qonuniy talablarini bajarmay, faol qarshilik ko‘rsatib, huquqbuzarliklarini davom ettirishgan.

 

Shu sababli yigitlar qonuniy tartibda tuman IIBga olib kelinib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organi xodimning qonuniy talabini bajarmaslik) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"