O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi davlat xaridida komissiya a‘zosining o‘g‘li g‘olib bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan davlat xaridini bekor qilish bo`yicha taqdimnoma kiritildi

Toshkent viloyatidagi davlat xaridida komissiya a‘zosining o‘g‘li g‘olib bo‘ldi

 

Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi buyurtmachiligida 23 may kuni o‘tkazilgan 500 million so‘mlik davlat xaridida talabgor va g‘olib deb topilgan «A.a.E. S.» MCHJ rahbari (E.B.O.)ning otasi (U.O.E.) ushbu shifoxonada xo‘jalik mudiri va xarid komissiyasining aʼzosi bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, qonunbuzilish holati ro`y berishiga qaramasdan mazkur holat xarid komissiyasi tomonidan eʼtiborga olinmay, nohalol raqobat kelib chiqqanligi o‘rganilmagan hamda holat bo‘yicha tanlovni o‘tkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari ko‘rilmagan. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning:

 

  • 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);
  • 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi);
  • 19-moddasi (davlat buyurtmachilari);
  • 42-moddasi (ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning talablari buzilishiga va boshqa qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

 

Bundan tashqari, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning 46-moddasiga zid ravishda xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning hujjatlari ushbu shifoxona xodimi tomonidan buyurtmachining xarid komissiya raisi, kotibi, aʼzolari ishtirok etgan va foydalangan kompyuter IP-manzili orqali elektron platformaga yuklanganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Mazkur holatlar bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 25 may kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi. Shuningdek, qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi hamda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘rovnoma kiritildi.

custom img

O‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan qiz qutqarib qolindi

IIO xodimlarining tezkor harakatlari natijasida ko‘p qavatli uyning tomiga chiqib olgan fuqaro xavfsiz tarzda pastga tushirilgan.

custom img

Toshkentda avtomobillar oqimi 30 foizga oshdi, tirbandlik esa 6 ball darajasida saqlandi

Yangi o‘quv yilining ilk kunida transport oqimi oshdi, biroq tirbandlikning keskin kuchayishiga yo‘l qo‘yilmadi.

custom img

Ohangaron tumanida avtobus va Lacetti to‘qnashdi

Lacetti haydovchisi va 2 nafar avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

custom img

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Cheklovlar 6-sentyabr soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

custom img

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Viloyatda 9,5 mlrd dollarlik integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 39 milliondan oshdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda yagona bojxona to‘lovi stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushiriladi

2027 yildan bojxona sohasidagi yangi strategiyaga ko‘ra, to‘lovlar pasaytiriladi va tadbirkorlar uchun bir qator talablar bekor qilinadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"