O'zbekiston

YPX xodimidan qochgan Captiva YTHga uchradi: bir kishi jarohatlandi

YPX inspektorining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi.

YPX xodimidan qochgan Captiva YTHga uchradi: bir kishi jarohatlandi

 

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabini bajarmagan Captiva avtomobilini kuzatib borayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

 

Hodisa 2026-yil 18-oktabr kuni soat 08:20 larda tumanning “Yangi qurilish” mahallasida yuz bergan.

 

Ma’lum qilinishicha, haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxs boshqaruvidagi Captiva YPX inspektorining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan. Inspektor xizmat avtomobilida uning ortidan kuzatib borgan.

 

Shu vaqtda Captiva haydovchisi asosiy yo‘lda harakatlanayotgan Lacetti avtomobilining yo‘liga chiqib ketgan va to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Natijada Lacetti haydovchisi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, YPX xodimining harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.