O'zbekiston

Surxondaryoda fuqaro inspektorni bolta bilan jarohatladi

Fuqaro mast holda mahalla raisining xonadoniga bostirib kirgan va maishiy muammolarini ro‘kach qilib, janjal ko‘targan.

Surxondaryoda fuqaro inspektorni bolta bilan jarohatladi

 

Joriy yilning 30 may kuni soat 16:00 atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Hamkorlik” mahallasi raisining yashash uyiga, ushbu mahallada yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, giyohvand shaxs sifatida profilaktik nazoratga olingan A.I., mast holda bostirib kirib, maishiy muammolarini ro‘kach qilgan holda mahalla raisi va uyda bo‘lgan oila aʼzolarining tinchligini buzib, janjal ko‘targan.

 

Voqea joyiga yetib kelgan mahalla profilaktika inspektori tartibbuzar fuqaro voqea joyidan nomaʼlum tomonga qochib ketganligiga guvoh bo‘lgan.

 

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, shu kuni soat taxminan 19:00 atrofida A.I. o‘z uyiga qaytib kelganligi aniqlanib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazish hamda mahalla raisiga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirish maqsadida tartibbuzarning xonadoniga borgan xodim, xonadon egasining keskin qarshiligiga uchragan.

 

Xonadon egasi, bolta bilan profilaktika inspektoriga hujum qilib, uning chap qo‘l tirsagini yaralaganiga qaramasdan, jismoniy kuch ishlatilib, huquqbuzar zararsizlantirilgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

 

Shundan so‘ng, xodim xonadon qo‘shnilari va voqea joyiga yetib kelgan hamkasblari yordamida shifoxonaga yetkazilgan. Tibbiy ko‘rik natijasida chap tirsak pastki qismi suyaklarining ochiq singanligi va qon tomirlarining kesilishi oqibatida ko‘p qon yo‘qotganligi aniqlanib, tezkorlik bilan tegishli muolajalar ko‘rsatilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

custom img

Toshkentdan Guanchjouga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

Hodisadan so‘ng samolyot texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari uchun foydalanishdan chiqarilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Londonda siyosatchilar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda UzNIF fondining xalqaro bozorga chiqishi, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar va o‘zbek kompaniyalarining global bozorlarga integratsiyasi masalalarini muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva London fond birjasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda  o‘zbek kompaniyalarini global bozorlarda faoliyat yuritishga tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

custom img

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 33 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

custom img

10 ming qadam uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushgan — Ekoqo‘mita

“Eko-faol fuqaro” platformasi 1-maydan faoliyat boshlagan bo‘lib, uni App Store va Play Market orqali yuklab olish mumkin.

custom img

O‘zbekiston aksiyalari ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi

IPO jarayonida “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlar ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

custom img

Namanganda “Media haftalik” boshlandi

"Media haftalik" 22-mayga qadar davom etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"