0

Jizzaxda 18 yoshli fuqaro o‘zini tomdan tashlab, joniga qasd qildi

Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Jizzaxda 18 yoshli fuqaro o‘zini tomdan tashlab, joniga qasd qildi

 

Bugun, 1 iyul kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 18 yoshli fuqaro o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida ro‘yxatda turib, Sharof Rashidov tumani “Nurafshon” MFYda yashagan, 2005-yilda tug‘ilgan M.B. “Zargarlik” MFY hududidagi ko‘p qavatli uyning tom qismiga chiqib, o‘sha yerdan o‘zini pastga tashlab, voqea joyida vafot etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni shahar prokuraturasi olib borilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"