O'zbekiston

Samarqandda ishchi yettinchi qavatdan tushib ketib, vafot etdi

Ammo bino qurilishiga ruxsat berilgan shahar hokimining qarorida u uch qavatdan iborat bo‘lishi belgilangan.

Samarqandda ishchi yettinchi qavatdan tushib ketib, vafot etdi

 

Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti qarshisida qurilayotgan binoning 7-qavatidan zinapoyalar orasidan pastga tushib ketgan ishchi vafot etdi. Bu haqda Nuz.uz xabar bermoqda.  

 

Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 6-Ichki ishlar bo‘linmasidan olingan maʼlumotga qaraganda, voqea joriy yilning 6 may kuni sodir bo‘lgan.

 

Suvoqchilik ishlari bilan shug‘ullangan qashqadaryolik B.A voqea joyida vafot etgan. Marhum qurilayotgan binoning 7-qavatidan tushib ketganligi aynan Ichki ishlar organi tomonidan tarqatilgan maʼlumotnomada ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo, shunisi qiziqki, bino qurilishiga ruxsat berilgan shahar hokimining 2019 yil 14 noyabrdagi qarorida u uch qavatdan iborat bo‘lishi belgilangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini maʼlum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"