Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlandi
Shundan so‘ng Prezident Toshkentga jo‘nab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga amaliy tashrifini yakunladi.
Bugun, 2 iyun kuni davlat rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.







