O'zbekiston

Qatar amiri Samarqanddagi meʼmoriy obidalarni borib ko‘rdi

Shuningdek, amir viloyatdagi “Boqiy shahar”ga tashrif buyurgan.

Qatar amiri Samarqanddagi meʼmoriy obidalarni borib ko‘rdi

 

Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor meʼmoriy obidalarini ko‘zdan kechirdi.

 

Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Maʼlumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona kashf qilib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. Uning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari butun dunyoda, xususan, arab olamida falakiyot bo‘yicha ilmiy manba sifatida mashhur bo‘lgan.

 

Tanishuv chog‘ida temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik yuksak darajada rivojlangani, bu yurtimizdagi Ikkinchi renessansga asos bo‘lgani yodga olindi. Bugun yurtimizda islom sivilizatsiyasi, allomalar merosini o‘rganish bo‘yicha markazlar tashkil etilgani taʼkidlandi.

 

Keyingi manzil “Afrosiyob” muzeyi bo‘ldi. Bu yerdagi eksponat va devoriy suratlar Samarqand shahrining uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi. Shunday suratlardan birida Afrosiyob hukmdorining elchilarni qabul qilish marosimi aks etgan. Bu ajdodlarimiz diplomatiyaga katta eʼtibor bergani, Sharq o‘lkalari bilan azaldan hamkorlik yaxshi bo‘lganini ko‘rsatadi.

 

Dunyoga mashhur Registon maydoni – mamlakatimizning yana bir “tashrif qog‘ozi”, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining go‘zal ifodasi. Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining mahobati, o‘ziga xos arxitekturasi hammada hayrat va havas uyg‘otadi.

 

Oliy martabali mehmonga madrasalarning qurilish tarixi, naqsh va ramzlarning mazmuni, maydonda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari haqida so‘zlab berildi. Qatar Amiri madrasalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.

 

So‘ng davlat rahbarlari Samarqandning Xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdilar.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.