O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev XVF rahbari bilan uchrashdi

Muloqotda global iqtisodiyot va barqaror taraqqiyotga oid masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev XVF rahbari bilan uchrashdi

 

Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi.

 

O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta fondi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, pul-kredit va fiskal siyosatni takomillashtirish borasidagi islohotlar kabi ustuvor yo‘nalishlarda yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Keyingi yillarda XVF bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu davrda fondning 70 dan ortiq missiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi, ekspert-texnik ko‘mak kengayib bormoqda.

 

XVF rahbari Kristalina Georgiyeva Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatladi hamda uning amalga oshirilishiga bundan buyon ham ko‘maklashishiga tayyorligini bildirdi.

 

Global iqtisodiyot va barqaror taraqqiyotga oid dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Shu bilan O‘zbekiston Prezidentining Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"