O'zbekiston

Farg‘onada hajga yuborish uchun 16 ming dollar olgan shaxs ushlandi

DXX bu bo‘yicha viloyatda tezkor tadbirlar o‘tkazgan.

Farg‘onada hajga yuborish uchun 16 ming dollar olgan shaxs ushlandi

 

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida haj ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari ya.m. o‘zganing ishonchiga kirib, uni va tanishini haj ziyoratiga yuborish evaziga 16 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi boshqa bir turistik firma xodimi A.T. esa Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaroga Haj–2023 vizasi rasmiylashtirib, haj ziyoratiga yuborish evaziga talab qilingan 10 ming AQSH dollaridan 4 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Buvayda tumanida kuzatilgan holatda Andijon shahridagi turistik firma vakili M.J. Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroning onasiga “Haj–2023” vizasi rasmiylashtirib, haj ziyoratiga yuborish evaziga talab qilingan 8500 AQSH dollaridan 3 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.