Farg‘onada Italiya fuqarosi YTH oqibatida vafot etdi
Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan italiyalik ayolni urib yuborgan.

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 2-iyun kuni soat 10:10 lar atrofida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Italiya fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, viloyatning Oltiariq tumanidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida Bag‘dod viloyatida yashovchi, 2002ғyilda tug‘ilgan Nexia-2 haydovchisi velosiped haydab ketayotgan 67 yoshli chet ellik ayolni urib yuborgan.
Oqibatda ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Italiya fuqarosi kasalxonada vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







