Iqtisodiyot

O‘zbekiston — Italiya: iqtisodiy rivojlanish yo‘lida

Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi arafasida Rim shahrida qo‘shma biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston — Italiya: iqtisodiy rivojlanish yo‘lida

 

Joriy yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Rim shahrida qo‘shma biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, ikki davlatning yetakchi ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.



Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Edmondo Chiriyelli tadbirni ochar ekan, Italiya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini alohida taʼkidladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga bo‘lajak tashrifi — tarixiy voqea, uning siyosiy va biznes masalalariga boy kun tartibi, ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga yo‘naltirilganligi esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi bugungi munosabatlarning eng yuksak darajasining ifodasi, deya eʼtirof etildi.

 


«O‘zbekiston Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanib, sheriklik nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga va katta salohiyatga ega davlatdir. Biz O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanishida ishtirok etishni istaymiz va ko‘p tomonlama munosabatlarimizni chuqurlashtirishga tayyormiz. Tadbirkorlar yuqori texnologiya, yuqori sifatli mahsulotlar taklif etib, katta qiziqish bildirib, hamkorlik qilishga tayyor. Va bu borada ikki tomonlama hamkorlikning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun ko‘mak beramiz», — dedi Edmondo Chiriyelli.



O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov forum ishtirokchilariga qutlov so‘zi bilan murojaat qilar ekan, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishning barcha imkoniyatlarini muhokama qilish nuqtai nazaridan bunday miqyosdagi tadbirlarni o‘tkazib turish muhimligini taʼkidladi.



O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqidagi eng yirik savdo sheriklaridan biri bo‘lgan Italiya bilan har tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratayotgani taʼkidlandi.



Savdo va investitsiyalar hamda sanoat kooperatsiyasi sohasida erishilgan bir qator natijalar tilga olindi. Xususan, so‘nggi to‘rt yilning o‘zida O‘zbekistonga jalb etilgan Italiya investitsiyalarning umumiy hajmi 7 barobar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Italiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni esa ikki barobar oshdi. Asosiy hamkorlar orasida Daniyeli, Piyetro Fiorentini, Terranova, Fin operasi kompaniyalari tegishlilik bo‘yicha metallurgiya, elektrotexnika sanoati, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritmoqda.



Bularning barchasi ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashganidan, O‘zbekiston-Italiya munosabatlari mazmun va natijadorlik jihatidan yuksalib borayotganidan dalolat beradi.



Biznes-forumda Italiya kompaniyalari rahbarlariga O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyati taqdim etildi. Shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlik va xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida so‘zlab berildi.



Uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning eng istiqbolli yo‘nalishlari sifatida to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallurgiya, kimyo va avtomobilsozlik, elektronika va boshqa ko‘plab sohalar belgilandi.



Tadbirning boy dasturi davomidaB2B va G2B formatida uchrashuvlar o‘tkazilib, ishbilarmon doiralar vakillariga aniq investitsiya tashabbuslarini birgalikda hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkonini yaratildi. Iqtisodiyotning drayver yo‘nalishlarining investitsiyaviy salohiyatini aks ettiruvchi real holatlar muhokama qilindi.


Forum yakunlari bo‘yicha energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, charm-poyabzal, to‘qimachilik va mashinasozlik sanoati, ekologiya, transport va logistika, shuningdek, bank sektorini qamrab olgan investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

custom img

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank”i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Bank 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning moliyaviy regulyatorlariga ariza topshirib, kelasi yilning o‘zidayoq faoliyat boshlashni maqsad qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"