O'zbekiston

Surxondaryo va Toshkent orasi 150 kilometrga qisqarmoqda

Surxondaryoda xalqaro ahamiyatga ega ikkita trassani birlashtiruvchi va Toshkentga yuklar yetkazilish vaqtini qisqartirishga xizmat qiluvchi yangi yo‘l qurilmoqda.

Surxondaryo va Toshkent orasi 150 kilometrga qisqarmoqda

 

Surxondaryo viloyatida xalqaro ahamiyatga ega ikkita trassani birlashtiruvchi va Toshkentga yuklar yetkazilish vaqtini qisqartirishga xizmat qiluvchi yangi yo‘l qurilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yangi yo‘l M39 va M41 avtomagistrallarini qisqa masofada birlashtiradi.

 

OTB mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 Darband — Boysun — Elbayon avtomobil yo‘lining 5–70-kilometr (65 kilometr) qismini va 4R100 Mang‘uzor — Jarqo‘rg‘on — Bandixon — Oltinsoy — Denov avtomobil yo‘lining 128–174-kilometr (46 kilometr) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometrni tashkil etadi.

 

Mazkur avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilinishi bilan Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun mavjud 298 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li 146 kilometr qisqartiriladi va natijada masofa 152 kilometrni tashkil etadi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"