O'zbekiston

Oila yarashdi: 2 nafar voyaga yetmagan farzandlar endi oila bag‘rida ulg‘ayadi

Termizda yana bir oila birlashdi

Oila yarashdi: 2 nafar voyaga yetmagan farzandlar endi oila bag‘rida ulg‘ayadi

 

Yaqinda bir holat, taʼbir joiz bo‘lsa quvonarli voqea yuz berdi: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2018 yil 25 oktyabrdagi qarori bilan qarzdor X.S.dan G.S. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

 

Natijada X.S. jami 14 034 847 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining 2022 yil 22 sentabrdagi qaroriga asosan MJtKning 474-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, tayinlangan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini o‘tab chiqadi. Biroq bundan u o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan 2022 yil 1 avgustdan 2023 yil 1 fevralga qadar 7 070 118 so‘m aliment pullarini ham to‘lamasdan kelgan.

 

Buni qarangki, sud majlisida jabrlanuvchi G.S. dastlabki tergov davrida bergan ko‘rsatmalarini tasdiqlab, yarashuv to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilib, sudlanuvchi turmush o‘rtog‘i X.S. bilan yarashganligini, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni to‘liq bartaraf etganligini, yarashuv ixtiyoriy ravishda biron-bir tazyiqlar bo‘lmaganligi, ayni paytda unga nisbatan hech qanday daʼvosi yo‘qligini bildirdi.

 

Eng quvonarlisi, suddan yarashuvni tasdiqlab, sudlanuvchiga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini harakatdan tugatishni so‘radi. O‘z o‘rnida X.S. ham o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jabrlanuvchidan kechirim so‘rab, unga yetkazilgan zararni bartaraf etganligini, o‘zaro ixtiyoriy ravishda yarashib olganligini inobatga olib, suddan yarashuvni tasdiqlab, unga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini harakatdan tugatishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.

 

Muhimi, “oila” degan muqaddas qo‘rg‘on saqlab qolindi. Ota-ona xato-kamchiliklarini tushunib yetishdi, farzandlar endi kemtiklikdan jovdiramaydigan bo‘ldi, bir xonadon jamiyatga qaytdi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi JK 122-moddasining 1-qismi bilan ayblangan S.X.ga nisbatan jinoyat ishi yarashganligi munosabati bilan tugatildi.

 

Sherzod Yuldashev,

Jinoyat ishlari buyicha Termiz shahar sudining sudyasi

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"