0

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Bir kishi ushbu lavozimdan ozod qilingan.

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

 

Obidjon Qudratov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari edi.

 

Jusipbek Kazbekov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari edi.

 

Narzullo Oblomuradov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"